TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Kecha, 22-yanvar, kuni O‘zbekistonda 1478 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (598), Toshkent (192) va Farg‘ona (182) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 59, Andijon viloyatida – 61, Buxoro viloyatida – 64, Jizzax viloyatida – 49, Qashqadaryo viloyatida – 29, Navoiy viloyatida – 20, Namangan viloyatida – 55, Samarqand viloyatida – 37, Sirdaryo viloyatida – 21, Surxondaryo viloyatida – 73, Xorazm viloyatida – 38 kishida kovid aniqlangan.
Shu tariqa mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon kasallanganlarning umumiy soni 213 767 nafarga yetgan. Shulardan jami 203 275 (+1126) nafari tuzalib ketgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, qurbonlar soni 1540 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 296 kishida pnevmoniya aniqlandi.