Eng ommabop parollar ro‘yxati e’lon qilindi

2021 yilning eng ommabop parollar ro‘yxati e’lon qilindi.
Sputnik
Darknet monitoring xizmati DLBI 2021-yilda eng ommabop parollar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar qildi “Izvestiya” nashri.
35,5 milliard, shu jumladan ma’lumotlar bazasi internetda tarqalib ketgani tufayli yangi 250 million login va parollar tahlil qilindi. Bu raqamdan atigi 3,5% parollar murakkab (harflar, raqamlar va maxsus belgilarni o‘z ichiga oladi) va faqat 16,5% uzun (10 dan ortiq belgilar) iborat parollarni tashkil qiladi.
Eng ommabop 10ta parol:
qwerty123;
qwerty1;
123456;
asdasd;
12345;
123456789;
asdasd123;
12345678;
qwerty;
123321.
Kirill alifbosidagi parollar: "parol", "sevgi", "salom", "natasha", "maksim", "marina", "andrey" va "kristina" so‘zlaridan foydalanilgan.
Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, oltita belgidan (har xil registr va raqam) iborat parolni buzish uchun atigi 95 daqiqa, agar u 10 ta belgidan iborat bo‘lsa - 2,5 yil vaqt ketadi.