Afg‘oniston g‘arbidagi portlashda olti kishi halok bo‘ldi

Hirot shahrida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan transport vositasi portlab ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot shahrida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi va o‘n kishi jabrlandi. Bu haqda RIA Novostiga shaharning markaziy kasalxonasi bosh shifokori Muhammad Orif Jaloliy ma’lum qildi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, portlash Hoji Abbos hududida sodir bo‘lgan. Guvohlardan biri transport vositasi portlab ketganini xabar qilgan. Uning ichida ayollar va bolalar ham bo‘lgan.
Kobulda portlash ro‘y berdi
TOLOnews telekanali xabariga ko‘ra, “Tolibon”* tomonidan tayinlagan Hirot politsiyasi matbuot kotibi Mahmud Rasuliy portlash bo‘lganini tasdiqlagan, biroq hodisa oqibatida necha kishi qurbon bo‘lganini aniqlik kiritmagan.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.