TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Toshkentda mayda bezorilik qilganlar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar qildi.
Yo‘lning qatnov qismida mayda bezorilik qilgan Zafar Sultonov va Grigoriy Abdullayev huquqbuzarliklariga nisbatan sud qarori e’lon qilindi.
Sultonovga 15 sutka ma’muriy qamoq va 1 mln 350 ming miqdorida jarima, Abdullayevga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval yo‘l o‘rtasida bir fuqaro VAZ-2199 rusumli transport vositasiga qarata o‘q uzganligi aks etgan video internetda tarqalgandi.
Zafar Sultanov (Spark avtomobil haydovchisi) Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘lning qatnov qismida o‘zining tanishi 1985-yilda tug‘ilgan Grigoriy Abdullayev (u bilan oldindan turmush o‘rtog‘ini rashk qilish oqibatida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan) bilan o‘zaro gap talashib, uning boshqaruvidagi VAZ-2199 rusumli avtomobilning g‘ildiragiga tepib, so‘ng yonida bo‘lgan pnevmatik quroldan avtomobilga bir marotaba o‘q uzgandi.