Nazarboyevning buzilgan haykali: Qozog‘iston hukumati hozircha biron bir qarorga kelmadi

Yanvardagi tartibsizliklarda Nursulton Nazarboyevning haykali buzildi. Hozircha bu masala bo‘yicha Qozog‘iston hukumati biron bir qarorga kelmadi.
Sputnik
Qozog‘iston hukumati Nazarboyevning buzilgan haykali bo‘yicha hozircha biron bir qarorga kelmadi.
Ayni vaqtda Taldiqo‘rg‘onda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Markaziy maydonda haykal turgan supa hanuz bo‘m-bo‘sh.
“Birinchi prezidentning vayron qilingan haykali masalasi byicha qarorga kelsak, bu masalaga keyinroq qaytamiz”, - deb ma’lum qilindi Sputnik Qozog‘istonga Olmaota viloyati madaniyat boshqarmasida.
Nazarboyevning haykali 5-yanvar kuni tartibsizliklar vaqtida buzib tashlangandi.