Kemerovo morj klubi a’zolari toza havoda mashq qilmoqda.
Ispaniyada olov bilan tozalashning an’anaviy "Lyuminarias" festival-bayrami.
Tokiodagi Yangi yil marosimida Kanda Mojin ziyoratgohidagi Shintoga e’tiqod qiluvchilar sovuq suvda cho‘milmoqda.
Yaponiyaning "Himawari-8" sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan suratda Tongadagi suv ostidagi zilzila (sunami)ga sabab bo‘lgan vulqon otilishi aks etgan.
Milliy libosdagi san’atkorlar Hindistonda Respublika bayrami paradiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Falastinlik qutqaruvchi o‘quvchilariga kuchli yomg‘ir ostida suv bosgan ko‘chadan o‘tishda yordam bermoqda.
Jurnalistlar noma’lum erkakning Melburndagi serbiyalik tennischi Novak Jokovichning advokatlik idorasi oldidagi avtoturargohdan chiqib ketayotgan vaqtda suratga olishdi.
Los-Anjelesdagi poyezd yo‘li, o‘g‘irliklar ko‘paygani sababli shahar markazi chiqindixonaga aylandi: bir necha oydan beri o‘g‘rilar yuk poyezdlariga bostirib kirib, o‘zlariga kerak bo‘lmagan narsani tashlab ketishmoqda.
Seulda qor yog‘gandan keyin Konbokgung saroyi hududida mehmonlar sayr qilishayotganda an’anaviy hanbok liboslarini kiyishadi.
Sadigura sulolasining ultra-pravoslav yahudiylari "Tu Bishvat" yoki Yangi daraxtlar yilini nishonlaydilar.
Koloradodagi tog‘-chang‘i kurortida yillik kovboy poygasi ishtirokchisi.
Ayol Shayx Jarrah mahallasidagi Quddus shahar hokimiyati tomonidan buzib tashlangan falastinliklarning uyi vayronalariga qaramoqda.
Efiopiyada Timkat bayrami nishonlanmoqda
Model Meksikalik dizayner Karlos Pinedaning libosini namoyish qilmoqda.
Nyukasl-apon Tayn shahridagi Tayn teatrida “Dahshatli sirk”ning 25-yillik gastrol shousida akrobat.
Niderlandiyadagi konsert zallari va muzeylari kovidga qarshi cheklovlar tufayli bir kunga sartaroshxona va sport zallariga aylandi.
Pekindagi Qishki Olimpiada o‘yinlari bezaklari yonida bola o‘ynamoqda.
Pinnavala shahrida fillar sayr qilmoqda.