Kasallanganlar soni uch kundan buyon yangi rekord qo‘ymoqda

O‘zbekistonda kasallanishlar soni 3 kundan buyon oshib kelmoqda. Eng ko‘p holatlar Toshkent shahri, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida aniqlanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda ketma-ket uch kundan buyon kasallanishlar soni ortmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Kecha 20-yanvar kuni yana 1320 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar jami soni 210899 (+1321) nafarni tashkil etmoqda.
Aniqlangan holatlarning eng ko‘p Toshkent shahrida - 524 kishi. Farg‘ona viloyatida - 173 nafar, Toshkent viloyatida - 158 nafar.
Kovid statistika 20-yanvar
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 41, Andijon viloyatida - 34, Buxoro viloyatida - 54, Jizzax viloyatida - 53, Qashqadaryo viloyatida - 34, Navoiy viloyatida -18, Namangan viloyatida - 60, Samarqand viloyatida - 41, Sirdaryo viloyatida - 22, Surxondaryo viloyatida - 50, Xorazm viloyatida - 62 kishida koronavirus aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Sog‘liqni saqlash vaziri koronavuirusning yangi shtammiga chalinayotgan kishilar soni keskin oshayotgan bo‘lsada, aksariyat - 90-95 % aholi uni yengil kechirayotganini, o‘pkani sun’iy shamollatish kamdan kam holatlarda talab etilayotganini ma’lum qilgan edi.