Tolibon* hukumati O‘zbekistonni Pokiston bilan bog‘laydigan temir yo‘l yo‘nalishini tasdiqladi. Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan.
Tolibon* matbuot kotibi o‘rinbosari Inomulla Samangoniy yozishicha, u Mozori Sharif (Balx), Bag‘lon va Bomiyon viloyatlari orqali o‘tadi.
Samangoniy tvitterdagi postida aks etmagan marshrutning qismi allaqachon kelishilgan - Parvon viloyati orqali Kobulga, u yerdan Jalolobodga va “Torxam” nazoratdan o‘tish punktiga.
“Rossiya temir yo‘llari” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l loyihasi bo‘yicha hamkorlik qilmoqda, 29-oktabr kuni muzokaralar o‘tkazildi, unda Kobulgacha marshrut yo‘nalishi ham muhokama qilindi.
Biroq, hozircha Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi xavfsizlik va mablag‘ yo‘qligi sababli temir yo‘l loyihasini amalda amalga oshirish istiqbollarini ko‘rmayapti.
O‘tgan yilning 29 oktabrda RJD va O‘TY vakillari onasida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniyalar vakillari transafg‘on temir yo‘li qurilishida texnik va kartografik parametrlar bo‘yicha ma’lumot almashish borasida hamkorlik qilishga kelishib olishgan edi.
Afg‘oniston hududi orqali o‘tadigan yangi "Mozori-Sharif - Qobul - Peshavar" temir yo‘li Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lash imkonini beradi.
Loyihaning umumiy qiymati 5 mlrd $ni tashkil qiladi. Magistralning umumiy uzunligi 573 km, tranzit salohiyati esa 20 mln tn ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafg‘on temir yo‘li Respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilmoqda.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.