Qirg‘iziston fuqarolari “KamAZ” yuk mashinasi va uning haydovchisi - Chorkuh Isfara mahallasida yashovchi fuqaroni toshbo‘ron qildi.
Bu ma’lumotni SputnikTojikistonga Isfara shahar hokimligi matbuot kotibi Zubaydullo Shomadov tasdiqladi.
"Yuk mashinasi Chorkuh mahallasida yashovchi Nasrullobek Aslamovga tegishli. U mashinasida Voruxga oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgandi. 20-yanvar kuni qirg‘izistonliklar mashina yo‘lini to‘sib, tosh otishni boshladi. Haydovchi ham hujumga uchradi", - dedi Isfara hukumati vakili.
Shomadovning aytishicha, Aslamov jiddiy jarohat olmadi.
Chorkuh va Vorux o‘rtasidagi yo‘l Qirg‘izistonning Oqsoy viloyatidan o‘tadi va bu hududda chegara to‘qnashuvlari tez-tez sodir bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, 21-yanvar kuni Isfara shahrining chegaradosh mahallalari rasmiylari Botken viloyati hokimiyati vakillari bilan birgalikda voqeani muhokama qiladi.
Zubaydullo Shomadov Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatni tinch deb baholadi.
Qirg‘iziston tomoni bu voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.