Shomurodovning bu yildagi ilk goli - video

Eldor Shomurodov o‘yinning 81-daqiqasida gol urib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Sputnik
Kecha Italiya kubogining 1/8 finalida “Roma" va "Lechche" o‘yini bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘yinning 81-daqiqasida gol urib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Bu Eldorning 2022-yildagi ilk goli.
“Roma" - "Lechche" 3:1.
Endi “Roma” klubi 1/4 finalda 9-fevral kuni o‘z maydonida “Inter” bilan to‘qnash keladi.