Qirg‘iziston chegara xizmati tojikistonlik haydovchiga hujum qilingani haqidagi xabarni rad etdi.
Bundan avval Isfara shahar hokimiyati vakili qirg‘izistonliklar Chorkuhdan yuk mashinasiga tosh otgani, haydovchi jarohatlangani haqida xabar bergandi.
“Haydovchiga hujum qilingani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi", - deb ma’lum qildi Qirg‘iziston chegarachilari.
Qayd etilgan yuk mashinasi “Oq-Soy” chegara posti orqali katta tezlikda o‘tib ketgan, deb qo‘shimcha qilindi.