TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. 2021 yil yanvar-dekabr oylarida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 8,1 mlrd $ni tashkil etdi. Bu raqamlar Markaziy bank hisobotida qayd etildi.
Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2019-2020 yillarga nisbatan 34 %ga oshdi (6,0 mlrd $). 2021-yilda eng yuqori ko‘rsatkich – avgust, sentabr va oktabr oylariga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikadan 1,6 mlrd $ miqdorida valyuta chetga jo‘natildi.