Mashinalarning magnitolasiz ishlab chiqarilishi kutilmagan ijobiy natija berdi

Sputnik
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Cobalt va Gentraning magnitolasiz ishlab chiqarilishi O‘zbekiston jamoatchiligida ijobiy natija berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda, turli tuman avtomobilchilar va haydovchilar guruhlarida ushbu mavzuga bag‘ishlangan ko‘plab hazilomuz postlar, fotosurat va videolar paydo bo‘ldi.
Ularga ko‘zi tushgan, o‘qigan kishi kundalik muammolarni unutib, yuziga tabassum yugurishi, biz lahzaga baxtiyolik tuyg‘usi xis qilishi aniq. Kimdir "yaxshiyam menda moshina yo‘q" deb o‘ylasa boshqa kishining xayolidan “yaxshiyam oldinroq sotib olgan ekanman” degan fikr o‘tadi. Xullas aksariyatning kayfiyati chog‘. Kulgu esa umrni uzaytiradi - bu fakt.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Ijtimoiy tarmoqdan kulguga to‘yib, endi jiddiyroq xabarlar o‘qiyman deb blogerlar tomon qarasangiz u yerda ham shu ahvol. Barcha, xuddi kelishib olgandek, ushbu mavzuda hazil qilishga tushgan. Kimdir uni bo‘rttirib fristayl darajasiga chiqargan bo‘lsa, boshqasi pastga urib “yaqinda Uz Avto tirkamalar ishlab chiqarishga o‘tadi" deb hazil qilgan.
Darvoqe, ushbu hazilning tagida ozgina zili ham bor. Haqiqatdan ham sobiq Ittifoq davrida Asakadagi avtomobil zavodi o‘rnida traktorlar pritsepi zavodi bo‘lgan...
Polzovateli sos setey shutat na temu "Uz Avto nachala vipusk nekotorix modeley bez magnitoli"
Hazilkashlar orasida, bir-ikkita magnitofon sotadigan akalar ham bor shekilli, ular ham o‘zlarning “besh tiyini”ni qistirishgan. “Menda Jentra magnitofoni bor, zavodskoy yangi. Hozir sotsammi 400 dollarga yoki biroz kutib 1000 dollarga sotsammikan”, deb qo‘yadi... Nima bo‘lsa ham ularning omadi chopgan, kimdir hazillashib mana bu suratni joylashtirgan va ostiga "Magnitofon sotuvchilar bugungi holati" deb izoh qoldirgan.
Polzovateli sos setey shutat na temu "Uz Avto nachala vipusk nekotorix modeley bez magnitoli"
Vujudga kelgan vaziyatdan boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham o‘z manfaatida foydalanib qolishga harakat qilishgan. Ehtimol bu shunchaki hazil. Nima bo‘lganda ham mana bunday reklama paydo bo‘lgan: "Lada avtomobillari. Har doim magnitola bilan".
Polzovateli sos setey shutat na temu "Uz Avto nachala vipusk nekotorix modeley bez magnitoli"
Aslida, mashinada magnitola yo‘qligining ijobiy tomonlari ham bor:
Magnitola bo‘lmasa ham mashina yuraveradi;
Mashina 500 gram yengilroq bo‘ladi, demak tezroq yuradi. (Eng tezurar sport avtomobillarining birortasida ham magnitola yo‘q);
Haydovchining diqqati yo‘lda bo‘ladi, mashinani bir tekis haydaydi, "raqsga tushmasdan";
Hech kim magnitolani tunda o‘g‘irlab ketmaydi, uyqu xotirjam bo‘ladi;
Rafiqangiz yoki farzandlaringiz sizga yoqmagan musiqani balad eshitib jig‘ingizga tegmaydi;
Turli tuman mayda chuyda narsalar uchun kattagina (2DIN axir) bo‘sh joy paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 19-yanvar kuni UzAuto Motors Kobalt va va Djentra modellari noma’lum muddatga magnitolasiz ishlab chiqarilishini e’lon qilgan edi. Sabab – dunyoda yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi tufayli koreyalik ishlab chiqaruvchi magnitola yetkazib bera olmagani, deyilgan kompaniya izohida.