Bu qiziq

Har kuni asal iste’mol qilinsa, organizmda nimalar sodir bo‘ladi?

Asal sevimli shirinlik va shu bilan birgalikda shamollashga qarshi ajoyib vosita. Ammo uning ham barcha mahsulotlar kabi zararli jihatlari ham bor. Batafsil materialimizda o‘qing.
Sputnik
Gippokrat davridan buyon asal odamzotning eng yaxshi ko‘rgan dori vositalaridan biri. Bejizga qadimiy faylasuf uni har kuni iste’mol qilishni tavsiya qilmagan. Ushbu noyob mahsulotning foydali jihatlarini nafaqat xalq tabobati, balki ilmiy tibbiyot ham tasdiqlaydi.
Sputnik Belarus asalning zararli va foydali jihatlari haqida ma’lum qiladi.
Tibbiyot mutaxassislari hamon qaysi asal eng foydali yoki aksincha ekanligi haqida bahslashadi. Shubhasiz, faqatgina tabiiy asal shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Asalning foydali jihatlari
Asalning eng foydali jihatiantibakterial va antivirus xususiyatida.Nektar bakteriyalarga qarshi asosiy kurashuvchi bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi kaliyni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda yuqori miqdorda mis va temir mavjud. Bu anemiyani davolash va gemoglobinni oshirishga yordam beradi.
Asal qo‘shilgan sut - onalarimiz va buvilarimizning eski va sevimli retsepti: ko‘pchiligimiz bolalikda bu ichimlik bilan yo‘talni davolaganmiz. Shuningdek, u depressiya, hissiy toliqish va uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Suv, zanjabil va limon qo‘shilgan asal ko‘ngil aynishdan xalos qiladi va oshqozon holatini meyorlashtiradi.
Asal go‘zalligi haqida qayg‘uradiganlarning ham sevimli mahsuloti. U kosmetologiyada keng qo‘llaniladi va asalning tabiiy yog‘laridan tayyorlangan niqoblar teriga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ko‘plab go‘zallik brendlari asalbilanterini parvarish qilish vositalari liniyalarini ishga tushirmoqda.
Kaloriya va shakarning yuqori miqdoriga qaramasdan, parhezshunoslar asalni kunlik ratsionga kiritishni tavsiya qiladi. U yog‘ni yaxshi parchalaydi va ortiqcha vazn bilan kurashishda yordam beradi.
Zararli xususiyatlari
Ushbu shirin mahsulotni ishlatishga qarshi ko‘rsatmalar haqida unutmaslik lozim. Ulardan eng muhimi allergiyadir. Qichishish va toshma ko‘rinishidagi odatiy reaksiyaga qo‘shimcha ravishda, asalning salbiy ta’siri oshqozon buzilishi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Homilador va emizikli ayollar ham shifokor bilan maslahatlashmasdan asalni iste’mol qilmasligi kerak. Onada hech qachon allergiya kuzatilmagan bo‘lsa ham, chaqaloqda allergiya bo‘lishi mumkin. Shuningdek, diabetga chalinganlar, pankreatit bilan og‘riganlar va oshqozon kislotaliligi yuqori bo‘lgan odamlar shifokor maslahatisiz asal iste’mol qilmasligi kerak.
Asal keltirishi mumkin bo‘lgan noxush holat - kuperoz yoki shikastlangan va kengaygan kapillyar bo‘lishi mumkin. Buning sababi, asal qon aylanishini tezlashtiradi va shu bilan u mo‘rt tomirlarga ortiqcha yuk bo‘ladi.