TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik xonanda Ozoda Nursaidova o‘z instagramida go‘yoki Rossiya prezidenti nomidan sovg‘a qilingan qimmatbaho soatni namoyish qildi.
"Hozir menga bir zo‘r sovg‘a berishdi. Bu sovg‘aning pasporti ham bor", - deydi xonanda.
Muxlslar xonandani ushbu sovg‘a bilan tabriklashni boshlashdi.
Geotegdan ma’lum bo‘lishicha ushbu video Moskvadagi Radisson Collection mehmonxonasida suratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Ozoda yaqinda Moskvadagi Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqlar do‘stligi" gala-konsertida ishtirok etgan edi. Xonandaning qo‘shig‘i ostida "Todes" baleti raqsga tushgan.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ushbu soat Rossiyada ishlab chiqilgan bo‘lib "Prezident" nomidan brend sifatida foydalanadi. "Prezident" brendi mahsulotlari, odatda, Rossiya davlat tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatgan xodimlar va nufuzli mehmonlarga sovg‘a qilinadi.