TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 200 ming so‘mlik kupurani muomalaga chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov matbuot anjumani davomida ma’lum qildi.
“Biz 2024-yilda 200 ming so‘mlik chiqarishni rejalashtirganmiz. Shu bilan birga, muomaladagi naqd pulni optimallashtirish jarayonini ham amalga oshirapmiz”, — MB raisi.
Mamlakat 2019-yil fevralida 100 ming so‘mlik muomalaga chiqarilgan edi. 2021 yil 27-dekabrdan boshlab uni yangi ko‘rinishda ishlab chiqarish boshlandi.