O‘tgan yili jinoiy javobgarlikka tortilgan amaldorlar soni ochiqlandi

Mansabdor shaxslarning 2021-yildagi jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. 2021 yil davomida respublika bo‘yicha jami 2345 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika, 241 nafari viloyat va 2547 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda ishlagan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1741 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish jinoyatlarini sodir etishgan.
Yana 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora berish va 378 nafari boshqa jinoyatlarga qo‘l urgan.
Mirziyoyev bosh prokurorga yer ajratishdagi poraxo‘rlik borasida yuzlandi
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 mlrd. so‘mi undirilgan.