Koronavirus pandemiyasi, agar odamlar emlanishsa, bir necha oy ichida tugashi mumkin, dedi Rossiya Ta’lim akademiyasi (RAO) prezidenti o‘rinbosari, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori Gennadiy Onishenko.
Jurnalistlar “omikron” pandemiyaning yakuniy shtammi bo‘lishi mumkinmi, degan savol berishdi.
"Albatta... “Omikron" yakuniy shtamm bo‘lishi mumkin va hammasini may oyida yakunlash mumkin, emlaning”, - dedi rossiyalik akademik Gennadiy Onishenko.
Emlash koronavirusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan og‘ir kasal bo‘lganlar ulushi 0,03 foizdan kam, kasalxonalardagi bemorlarning aksariyati - emlanmagan kishilar.