Nursulton Nazarboyev Konstitutsiyaviy kengashning a’zosi bo‘lishi mumkin

Nazarboyev Konstitutsiyaviy kengash tarkibiga a’zo bo‘lishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev parlament oldida, shuningdek, hukumat yig‘ilishlarida mamlakat uchun muhim masalalar muhokama qilinganda nutq so‘zlash huquqini saqlab qoladi.
Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining 2000-yil 20-iyuldagi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartirishlar kiritish loyihasida qayd etilgan. O‘zgartirishlar avvalroq parlament tomonidan ma’qullandi.
“(Birinchi prezident huquqqa ega) Qozog‘iston Respublikasi parlamenti va uning palatalari oldida, respublika hukumati majlislarida mamlakat uchun muhim masalalarni muhokama qilishda so‘zga chiqishi; Respublika Konstitutsiyaviy kengashining a’zosi bo‘lish”, deyilgan hujjatda.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, Nazarboyev Konstitutsiyaviy kengash tarkibiga a’zo bo‘lishi mumkin. Ayni paytda Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi va xalq assambleyasining umrbod raislik qilish maqomidan mahrum qilingan.
Endi o‘zgartirishlar Senatda muhokama qilinishi, so‘ngra prezident Qasim-Jomart Toqayevga imzolashi kerak.