NATO terrorchilarni Kavkazdan Markaziy Osiyoga jo‘natishni rejalashtirmoqda – Eron prezidenti

NATO terrorchilarni Kavkazdan Markaziy Osiyoga jo‘natishni rejalashtirmoqda - Eron prezidenti.
Sputnik
NATO terrorchilarni Kavkazdan Markaziy Osiyoga jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisi Rossiya Davlat dumasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Eron rahbarining so‘zlariga ko‘ra, NATOning asosiy maqsadi - mustaqil davlatlarni ichkaridan zaiflashtirish. Shuning uchun Alyans iqtisodiy sanksiyalar joriy qilmoqda va ulardagi vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda.
NATO niqob ostida boshqa davlatlarga kirib bormoqda.
“G‘arb modelini tarqatish, mustaqil demokratik davlatlarga qarshi chiqish, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashiga qarshi chiqish – aynan shular Alyansning kun tartibida”, — dedi Raisi.
Uning ta’kidlashicha, bunday harakatlar NATOning parchalanishiga olib keladi va davlatlar uning hiyla-nayrangini allaqachon tushunib bo‘lgan.
Bundan tashqari, Eron prezidenti Moskva va Tehronning har ikki davlat ichki ishlariga tashqi aralashuvga qarshi sa’y-harakatlarini birlashtirish va ikki tomonlama manfaatlarni samarali amalga oshirish zarurligini ma’lum qildi.
Raisi Rossiyaning Xitoy, Pokiston va Turkiya rahbarlari bilan xavfsizlik konferensiyalari o‘tkazish istagini qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, u Eron yadroviy qurol yaratish bilan shug‘ullanmayotganini, chunki bu respublikaning mudofaa strategiyasida ko‘zda tutilmaganini ta’kidladi.
Agar G‘arb Eronga qarshi sanksiyalarni “samarali va jiddiy” olib tashlasa, mamlakat yadroviy kelishuv bo‘yicha kelishuvlarga erishmoqchi, deb qo‘shimcha qildi u.
Kuni kecha Eron prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvini o‘tkazgandi. Davlat rahbarlari turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.