Koronavirus: O‘zbekistonda yangi antirekord qayd etildi

19 yanvar kuni mamlakatda pandemiya boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatgich kuzatildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Kecha, 19-yanvar kuni O‘zbekistonda 1 307 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Eng ko‘p kasallanish Toshkent shahri (568), Toshkent viloyati (194) va Farg‘ona viloyatida (157) qayd etilgan.
Qolgan aniqlagan yangi kasallanish hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 39;
Jizzax viloyati – 51;
Andijon viloyati – 31;
Qashqadaryo viloyati – 19;
Navoiy viloyati – 12;
Buxoro viloyati – 31;
Namangan viloyati – 55;
Samarqand viloyati – 43;
Sirdaryo viloyati – 20;
Surxondaryo viloyati – 34;
Xorazm viloyati – 53.
Mamlakat koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 209 578 nafarga yetgan. Shulardan 201 246 (+734) nafari tuzalib ketgan.
Kovid bilan kasallangan 90−95 foiz bemorda o‘pka zararlanishi kuzatilmayapti - "Zangiota-1" shifoxonasi direktori
Shuningdek, kecha 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, qurbonlar soni 1529 nafarni tashkil qildi.