G‘arb elitasi Ukrainani Rossiyadan "qutqarayotgan" va barcha ishonchsiz ommaviy axborot vositalarida aqlga sig‘maydigan axborot shov-shuvini ko‘tarayotgan bir paytda, AQSh harbiylari o‘z ishini sovuqqonlik bilan bajarmoqda.
NATO birlashgan qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni general Filip Bridlav Yevropada Amerika zamonaviy strategik transport samolyotlari va tanker samolyotlari yo‘qligidan shikoyat qilmoqda. Ular “NATOga havoda ustunlik berishi mumkin” emish. “Havoda” kimdan ustun bo‘lish kerak? Bu yerda gap albatta, Ukraina haqida emas. General Bredlav Rossiya bilan urush qilmoqchi.
Aytgancha, Bridlav bir safar bu borada o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan edi. 2014-yilda NATO Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni bo‘lganida general Qrimga “xushmuomala odamlar” kelib qolganini sezmay qolgan edi. O‘shanda u qattiq afsus qilgan va keyin jahli chiqib pushaymon chekkan edi. “Rus qo‘shinlarining ajratish belgilarisiz qo‘llanilishi – biz kutmagan eng hayratlanarli bliskrig bo‘ldi” degan edi u. Aftidan general bu safar o‘ch olishga tayyorlanayotganga o‘xshaydi.
Pentagon uchun ishlaydigan Gudzon instituti tahlilchilari shoshilinch ravishda Amerika o‘rta masofali raketalarini Rossiya chegaralari bo‘ylab joylashtirishni va Suvalkskiy koridorini egallash uchun NATO qo‘shinlarini yuborishni taklif qilmoqda. Ammo Suvalkskiy yo‘lagi – bu Belarus va Kaliningrad viloyati o‘rtasidagi 65 kilometr masofa. Bir tomonda Litva, bir tomonda Polsha. Xaritaga qarasangiz uning Ukrainaga hech qanday aloqasi yo‘qligini ko‘rasiz.
Darhaqiqat, ko‘pchillik allaqachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirishga o‘tgan. Ukrainaning bunga hech qanday aloqasi yo‘qligi yashirilmay qo‘ygan. Rossiyani “ushlab turish” bu shunchaki evfemizm - chiroylirok qilib aytilgan ibora. Amerikaliklar Rossiya bilan urushmoqchi. Bunda Ukrainadan ham Boltiqbo‘yi davlatlaridan ham o‘ziga kerakligicha foydalaniladi. Ularning hududi - harbiy harakatlar teatriga aylanadi, aholisi esa – shunchaki “to‘plarga yem” bo‘ladi. Mamlakat rahbarlari esa - mahalliy gaulyaytor (Gauleiter – nem. (NSDAP)Gitler partiyasida mahalliy bo‘lim boshqaruvchisi) o‘xshaydi.
AQSh rejalari ittifoqchilari deb atalmish davlatlar uchun qanchalik ahamiyatsiz ekanligini aniq ko‘rsatib turibdi. Ular e’lon qilgan barcha strategiyalarda Ukraina, xat boshida qisqacha tilga olinadi. Undan so‘ng Rossiyaning tajovuzkorligi haqida bir necha balandparvoz gaplar. Keyin esa - ko‘plab rejalar, rejalar, rejalar. Suvalkskiy koridori, transport samolyotlari, birinchi kolonna, ikkinchi kolonna, va ho kazo. Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan ham – shu asnoda.
So‘nggi 30-yil ichida Rossiya bilan chegaradosh hududlarda milllatchilik shu qadar avj oldiki, mahalliy aholi bir narsani unutib qo‘ygan. Ular o‘zlarining milliyligi bilan qanchalik gerdayishmasin amerikaliklar uchun ular doimo "rus" yoki "sovet" odamlari bo‘lib qoladi. Ha, ha o‘sha, Yevroosiyo qit’asi va Heartlandda asrlar davomida yashab kelgan ulkan yengilmas xalq vakillari bo‘lib qoladi.
Bu xalq, birga bo‘lgan vaqtlarda, hech kim va hech qachon yenga olmagan. Lekin uni tilka pora qilish, o‘zaro urishtirishga – urinib ko‘rish mumkin. G‘arbda bir necha institutlar buning ustida bir necha yillar davomida ishlamoqda.
Buning uchun Rossiya yaqinida yashayotgan millatlarning “suveren millati” yaratilmoqda. Milliy ornamentlar va milliy jangovar qurollar, tarix va ona tili yaratilmoqda. Bularning barchasi aqlli odamlar tomonidan o‘ylab topilib mahalliy aholiga sekin-asta singdirilmoqda.
Bularning barchasini shunchaki “mahalliylar uchun taqinchoq” deyish mumkin, lekin u juda qimmatga tushmoqda. Tavan kabi koloniyalar buning uchun yarimo‘tkazgichlar va mikrochiplarni Amerika bozoriga yarim narxda yetkazib berayotgan bo‘lsa, Ukraina bugun shu qadar kambag‘allashgan-ki, uni beradigan narsasi qolmagan. U o‘z fuqarolari hayoti bilan to‘lashga to‘g‘ri kelmoqda.
G‘arbiy sheriklar tomonidan Ukrainani Rossiyadan qutqarish o‘ta g‘aroyib tus olmoqda. Tinchlikka erishishning ma’lum uslubi - muzokaralar, kelishuvlarni ishlab chiqish va ularga rioya qilishdir. Lekin ular hozir nima qilayapti?
Amerikaliklar Ukrainaga “javelin”lar, inglizlar - tankga qarshi raketalarni, Kanada esa – o‘z maxsus kuchlarini yubormoqda. MRB - ukrainalik harbiylarni tayyorlamoqda. Bu harakatga hatto nemislar ham aralashmoqda, - ha hatto nemislar ham. Ular ukrainalik harbiylarga tibbiy yordam ko‘rsatishmoqda. Shu o‘rinda o‘z vatandoshlarini arzimagan pul uchun o‘ldirishga bel bog‘laganlarni “harbiy” deyish ham noto‘g‘ri. Ularni shunchaki “karatel” yoki jazochilar deyish mumkin.
"Ukrainaga shon-sharaf! Qahramonlarga shon-sharaf!" deb baqirishadi bu bechoralar. “Ha-ha” – deb jilmayadi g‘arbiy sheriklar va ularni tubsizlik chetiga sudrab boradi.
Narsalarni o‘z nomi bilan atasak, AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari sekin, ammo qaysarlik bilan Ukrainani bosib olishmoqda. Bunda ular mahalliy yollanma kuchlar - mashhur "terbatlar"dan foydalanmoqda. Ularga yaqindagina jangovar qurollar ham topshirildi. Mahalliy jinoyatchilardan o‘z maqsadlari uchun foydalanish - har qanday mustamlakachining taniqli taktikasi hisoblanadi. Bu yerda hech qanday yangilik yo‘q.
Ukraina rahbarlarining soddaligi shundaki – ular faqat bir qadam oldinga o‘ylashi mumkin. Hatto ikki qadam oldinga o‘ylash ham ular uchun juda mushkul.
2014 yilda ham shunday bo‘lgan esa. Ular biz Amerika qo‘l himoyasi ostiga kiramiz, ular bizga yeb ichirishadi biz esa o‘zimizni “Rossiya qurboni” qilib ko‘rsatamiz va mazza qilib yashaymiz, deb o‘ylagan edi. Biz "Urush! Urush!" deb baqiramiz - lekin o‘zimiz unga bormaymiz. kelmaymiz. Dohiyona.
Rossiya do‘stlari va qo‘shnilari bir narsani unutishdi xolos. Amerikaliklar ular bilanidan ko‘ra ancha ko‘proq varintlarni o‘ylab qo‘yishgan. Mana, ular urushni ham Ukraina bo‘sag‘asigacha olib kelishdi. Endi bzo‘lsa ularni ochlik va sovuq bilan qo‘rqitib to‘g‘ri urushga haydashmoqda. Rossiyani aldaymiz, deb xayol qilgan ukrainaliklar, hozir o‘z qopqoniga o‘zlari tushib o‘tirishibdi. Xo‘sh, endi kim sizlarga yordam beradi? Polyaklarmi? Xo‘sh, o‘g‘lim, senga o‘sha lyaxlar yordam berdimi? (Gogol, Taras Bulba)
Keling endi bir daqiqaga 2014-yilga qaytaylik. Ukraina Maydandan voz kechdi va Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qoldi, deylik. O‘shandan beri to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan kamida 14 ming kishi tirik qolgan bo‘lardi, mamlakat iqtisodi tubsizlikka qulamagan, davlat but bo‘lardi. Gaz narxi Rossiya bilan bir xil - ya’ni bugungi vaziyatda nolga yaqin bo‘lar edi.
Yevropa bilan vizasiz yashashni istar ekansiz, shunchalik qimmat narx to‘lash shartmidi? Axir “shengen” atigi 35 yevro. Buning uchun shuncha odam qurbon bo‘lishi shartmidi? Bu unchalik aqlli biznes strategiya emas, shundaymasmi?
Paradoks shundaki, Ukrainaning - o‘ziga xos muhiti, qo‘shiqlari va vareniklari, Shevchenko va Dovzjenkosiga - har doim faqat Rossiya bo‘lgan.Dunyoning qolgan qismi uchun bu joy bir vaqtlar Rossiyadan ajralib chiqqan qandaydir tushunarsiz joy xolos. Uni bosib olmaslik - gunoh.
G‘arb bosqinchilari mahalliy aholiga misli o‘simlik va hayvonot dunyosiga bo‘lgandek munosabatda bo‘lmoqda. Ya’ni ularni hech shubhasiz ommaviy yo‘q qilish mumkin. Donbassda "Yosh gvardiya" tarixini yaxshi eslashadi. Kiyevda esa “Babi Yar” bor. Xuddi bugungidek, mahalliy Banderachilar sifatida harakat qilishdi. Xuddi o‘sha paytdagidek bugun ham sodir bo‘layotgan voqealarning qonli, cheksiz shafqatsizligidan hayratdamiz.
Ukraina Qurolli Kuchlari uchun maktablarda o‘q otish nuqtalari o‘rnatish, odatiy amaliyotiga aylandi. Ukraina artilleriyasi Donbassda yuzlab tinch aholini yo‘q qildi. Odessa kasaba uyushmalari uyida o‘nlab odamlar tiriklayin yoqib yuborildi va o‘ldirildi. "Gorlovskaya Madonna" - chaqaloq bilan kunduzi o‘ldirilgan yosh ayolning fotosuratlari dunyo bo‘ylab tarqaldi.
Va bugun, o‘sha Gorlovkadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, amerikalik sheriklar kimoviy zaharli moddalarni olib kelishmoqda. Va ular bilan birga bir talay jurnalistlarini ham olib kelishgan. Mabodo AQSh harbiylari Donbass shaharlarida ichimlik suvini zaharlasa, aldangan jurnalistlar ommaviy axborot vositalarida “kerakli” tasvirlarni taqdim etadi va hamma narsada Rossiyani ayblashadi (yana).
Dahshatli shafqatsizlik va sodir bo‘layotgan har bir narsaning soxtaligi - bu bugungi Ukraina uslubi, ularning haqiqiy “nou-xau”si. Parchalangan tanalar, daryo bo‘lib oqqan qonlar - va shu bilan birga “qahramonlar”, shumerlar, Bandera haqida to‘xtovsiz yolg‘on tarqatish.
Millionlab odamlar rus tilida o‘ylaydigan, ukrain tilida gaplashadigan va rost rost gapirganda faqat “behayo so‘zlar” xayolga keladigan vaziyatni –ikkuzlamachilik emas uch yuzlamachilik deyish mumkin. Mamlakat boshida esa natsistlarni omma oldida ulug‘layotgan sovet yahudiysini ko‘rish – naqadar jirkanchli.
“Operetka”, deyishgandi bir vaqtlar 1918-yilda Kiyevda sodir bo‘lgan viqealar to‘g‘risida Bulgakovning "Oq gvardiya"si qahramonlari. Shunga o‘xshash qonli “operetta” Ulug‘ Vatan urushi davrida Ukrainaning bosib olingan hududlarida davom etgan edi. Endi bo‘lsa ko‘z o‘ngimizda uchinchi akt o‘ynalmoqda. Aslida qaysi biri dahshatliroq - haqiqiy qon to‘kilishimi yoki nobirodarlarimizning hali ham so‘nggi damda ushbu vaziyatdan qochib qolish, chetlab o‘tish, sirpanib chiqib ketishga umidida qilayotgan bu kabi masxarabozligi?
Amerika rejimi Rossiyaning Ukrainaga "bostirib kirishi" bilan sayyoramizni tinimsiz qo‘rqitmoqda. Oq uy, Jen Psakining og‘zidan, hatto sanani ham belgilab qo‘ydi: fevral oyida. Ammo, aslida, amerikalik va yevropalik hamkorlarning Ukrainaga bostirib kirishi ancha oldinroq – mamlakat “mustaqillik”ga erishgandan so‘ng boshlangan edi. “Hamkorlar” nazorati ostida o‘tgan Ukrainaning 30 hayotining natijasi nima bo‘ldi?
Ukraina aholisi deyarli ikki baravar kamaydi. Iqtisodiy inqirozdan keyin bum o‘rniga yana bir halokat. Keng hududlar yo‘qotildi. Xullas, buni vaqti biroz cho‘zilgan kollektiv suiqasd deb atash mumkin. Bu jarayon g‘arblik “hamkorlar” joniga tekkash shekilli ular jarayonni tezlashtirishga qaror qilishgan.
Albatta, Rossiya o‘z odamlarini qutqaradi. Ular haqida xavotirga tushmasa ham bo‘ladi. Lekin ukrainaliklarni ularing o‘zlaridan kim qutqaradi?