TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. UFC promouterlik kompaniyasi prezidenti Dana Uayt o‘zining tarixdagi eng buyuk uch nafar jangchisini e’lon qildi. Bu haqda BJPenn xabar qildi. RIA Novosti.
Uning reytingida - braziliyalik jangchi Anderson Silva (45ta jangda 34ta g‘alaba), kanadalik Jorj Sent-Pyer (28ta jangdan 26-marta g‘alaba), shuningdek, promoushen chempioni Jon Jons (26ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat).
UFC rahbari yengil vaznda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan va uni bir necha bor muvaffaqiyatli himoya qilgan, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan rossiyalik Habib Nurmagomedovni bu ro‘yxatga kiritmadi.
Nurmagomedov 29ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. Uning so‘nggi raqibi Jastin Getji bo‘lgan. 2020-yilning oktabr oyida rossiyalik jangni muddatidan avval ikkinchi raundda yakunlagan edi. G‘alabadan so‘ng Nurmagomedov faoliyatini yakunlashi haqida e’lon qilgandi.