Turkiyada marshal Do‘stumning safdoshiga suiqasd uyushtirildi

Abdul-Sattor Qosimiyning kvartirasi yengil qurollardan o‘qqa tutildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Muxtor Vafoiyning so‘zlariga ko‘ra, marshal Abdurashid Do‘stumning safdoshi - general Abdul-Sattor Qosimiyning Istanbul shahridagi (Zaytinburnu kvartali) kvartirasi yengil qurollardan o‘qqa tutilgan.
Ta’kidlanishicha, u jarohatlanmagan. Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan.
Hujum qilganlar qo‘lga olinib, politsiyaga topshirildi: ikki nafar afg‘on, Kobuldan kelishgan.