TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. "Sevimli" telekanali orqali milliy serial namoyish etish chog‘ida axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertiza tayinlangan.
“Ekspertiza natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, bunday holat "Sevimli” telekanali bilan birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. 2018-yilda ham kanal pornografik sahnalari mavjud filmini efirga uzatgani uchun ogohlantirilgan edi.