KXShT tinchlikparvar kuchlari bo‘lgan Rossiyaning so‘nggi to‘rtta harbiy transport samolyoti Qozog‘iston poytaxtidan havoga ko‘tarildi.
Tinchlikparvar kontingent qo‘mondonligiga Rossiya general-polkovnigi Andrey Serdukov rahbarlik qildi.
“KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi qaroriga muvofiq Qozog‘iston hududida o‘tkazilgan tinchlikparvar operatsiya yakunlandi. Tinchlikparvar kuchlari topshirilgan vazifani muvaffaqiyatli uddaladi”, — dedi Serdukov.
Ilgariroq Armaniston, Belarus, Tojikiston tinchlikparvar qo‘shinlari Rossiya harbiy samolyotlarida vatanga qaytgandi.
Qirg‘iziston qo‘shinlari texnika va qurollar bilan kolonna tarkibida respublikaga qaytishdi.