TOShKENT, 19 yanv – Sputnik. Qozog‘istonda tartibsizliklar uyushtirgan jangarilarning asl maqsadi – hokimiyatni kuch bilan egallab olish niyati bo‘lgan, dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov.
Diplomat aytishiga ko‘ra, “hukumatni egallab olish istagida bo‘lgan kuchlar, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lgan tinch namoyishlardan o‘z maqsadlarida foydalanib qolishni istagan”.
Undan tashqari, huquqni saqlash organlari ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklarni boshlaganlar orasida chet ellarda va “qaynoq nuqtalarda” tajriba orttirgan chet el fuqarolari va hatto jangarilar ham bo‘lgan.
“Gap xorijda jidldiy tayyorgarlikdan o‘tgan xalqaro terrorchi banditlar guruhlari haqida ketmoqda”, - dedi diplomat. – Banditlar tomonidan gibrid terrorchilik hujumi amalga oshirilgani aniq. Ularning yakuniy maqsadi davlat to‘ntarishi bo‘lgan”.
KXShT xalaqro terrorchilarga nisbatan o‘zining samaradorligini namoyish qildi.Kelajakda ushbu operatsiya tajribasi tahlili qilinadi, dedi diplomat.
“Qozog‘istonlik hamkorlar va KXShT bo‘yicha ittifoqchilar bilan hamkorlikda ushbu tinchlikparvar operatsiyaning muvaffaqiyatli tajribasi tahlil qilinadi, jumladan KXShT javobgarlik hududida shunga o‘xshash “sujetlar” takrorlanishining oldini olish maqsadida ham”, - dedi Siromolotov.
Qozog‘istondagi tartibsizliklar
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari respublika G‘arbida joylashgan Janaozen va Oqtau shaharlarida suyultirilgan gaz narxi oshishi tufayli 3-yanvar kuni boshlangan edi. Shundan so‘ng hukumat darhol maxsus komissiya tuzib vaziyatni o‘rgandi va gaz narxini tushirishga rozi bo‘ldi.
Lekin shunga qaramasdan 5-yanvar kuni Qozog‘iston Janubida, Olma-Ota, Chimkent, Taraz va boshqa shaharlarda ommaviy tartibsizliklar, kuch ishlatar tizimlari vakillariga va hukumat binolariga hujum, talon-tarojlar boshlanib ketdi. Namoyishchilar bir necha hududlarda ma’muriy binolarni, telekanallarni egallab olib ularga o‘t qo‘yishdi.
Shundan so‘ng Qozog‘iston prezidenti mamlakatda Favqulodda vaziyat e’lon qildi va terrorchilik xavfi tufayli, KXShT davlat rahbarlari kengashiga yordam so‘rab murojaat qildi.
KXShT Xavfsizlik kengashi Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi va qisqa vaqt ichida Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari Qozog‘istonga olib kelindi.
KXShT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonda aksilterror operatsiyalarda ishtirok etgani yo‘q Ular muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar – aeroportlar, elektr va nasos stansiyalari, ma’muriyat binolari va boshqa obyektlarni qo‘riqlash bilan shug‘ullanishdi.
Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib o‘rnatilganidan so‘ng KXShT tinchlikparvar kuchlari qisqa vaqt ichida respublika hududidan olib chiqib ketildi. Rossiya harbiylarining so‘nggi samolyoti 19-yanvar kuni Qozog‘istonni tark etdi.