Bishkekda noma’lum hasharotlar paydo bo‘ldi - video

Sputnik
Bishkek ko‘chalarida noma’lum hasharotlar videoga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Hasharotlar “O‘roq” turar-joy hududida topildi.
Poytaxt hokimiyati ular zararsiz deb aytmoqda.
Entomologlar ta’kidlashicha, qish fasli uchun issiq bo‘lgan ob-havo tufayli bahorgacha yerda qolishi kerak bo‘lgan lichinkalar uyg‘onib, tashqariga chiqishdi. Bu bir martalik hodisa bo‘lib, havo haroratining pasayishi bilan hasharotlar nobud bo‘ladi.