Andijonda “Hizb ut-Tahrir”*ning “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari aniqlandi

Andijon viloyatida DXX va IIB xodimlari “Hizb ut-Tahrir”*ning “Ayollar qanoti” guruhi a’zolarini aniqlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. 16 yanvar kuni olingan tezkor ma’lumotga asosan DXX Andijon viloyati boshqarmasi va viloyati IIB TEQKB hamda Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari bo‘lgan 12 nafar ayol Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning xonadonida to‘planib, “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik qilib kelayotganligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida bu ayollar hozirda Turkiya davlatida bo‘lgan 1972-yilda tug‘ilgan ayol M.X.ning ko‘rsatmasi asosida tez-tez bir birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yig‘ilishib, M.X.dan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalari bo‘yicha saboq olib kelishayotganligi aniqlandi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
* Rossiya va O‘zbekistonda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.