Prezident Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov Toshkentga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi.
Vitse-premyer Turkmenistana Serdar Berdimuxamedov
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi kooperatsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash zarurligi bildirildi. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.
Turkmaniston hukumat delegatsiyasi Toshkentga keladi
Serdar Berdimuhamedov Mirziyoyevga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgan ikki mamlakat aloqalariga yuksak baho berilgan maktubini topshirdi.