TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) mamlakatga kirish niyatida bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga 17-yanvardan yangi cheklovlar qo‘ydi.
“Uzbekistan Airways” xabariga ko‘ra, endi ushbu ikki mamlakat fuqarolari BAAga jo‘nab ketishdan 48 soat avval olingan PZR testning manfiy natijasini taqdim etishi kerak.
Bundan tashqari, Dubay va Sharjaga yetib kelgandan so‘ng, aeroportda PZR test topshirish kerak. Yo‘lovchi test natijasini olmaguniga qadar o‘zini izolyatsiya qilishi talab etiladi.