TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. "Poytaxt" biznes majmuasi, "Malika" savdo majmuasi va "Beldirsoy” oromgohi xususiylashtirish doirasida sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Poytaxt" biznes majmuasini “Quadro IH DMCC” xarid qilgan BAA kompaniyasi u uchun 164 milliard so‘m to‘lashi va ta’mirlash-tiklash ishlari uchun kamida 6 million dollar sarmoya kiritishi kerak.
125 milliard so‘mtaklif qilgan “Premium Prime Service” MChJ "Malika"ga ega chiqqan. Bundan tashqari, yangi xo‘jayinlar ta’mirlash-tiklash ishlariga 100 milliard so‘m sarmoya kiritishadi va 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratishadi.
"Ulkan Mulk" MChJ esa 107 milliard so‘mga “Beldirsoy” dam olish maskanini (kanat yo‘li bilan birga) sotib olgan. Boshqa shartlar "Chorvoq" turistik zonasi direksiya bilan kelishiladi.
Xaridorlarga daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilish majburiyati yuklatilgan.
Bundan tashqari, "No'kis vinozavodi" AJning 51% ulushi "Qarataw sawda bazasi" MChJga 17,5 mlrd so‘m xarid qiymati hamda 3,4 mln dolla investitsiya kiritish sharti bilan sotilgan.