UzAuto Motors aksiyalari birja orqali sotiladi

Prezident qarori bilan UzAuto Motors va UzAuto Motors Powetrain jamiyatlarining 100 foiz aksiyasi fond birjasida sotuvga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasining 100 foiz aksiyasi "Toshkent" respublika fond birjasida IPO ga chiqariladi. Bu prezident 17-yanvar kuni imzolagan "Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorda ko‘zda tutilgan.
Qarorga muvofiq, yana bir qator aksiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan, UzAuto Motors Powetrain, “O‘zbekgeofizika”, “O‘ztemiryo‘lkonteyner”, “Dori-darmon”, “O‘zbekiston pochtasi”, “Universal Sug‘urta” va Alskom kompaniyalari aksiyalari sotuvga qo‘yiladi.
Aksiyalari birja orqali sotiladigan AJlar
IPO (Initial Public Offering), bu — kompaniya aksiyalarining birlamchi bozorga chiqarilishidir. Ya’ni aksiyalar keng ommaga taklif etiladi.
2020 yilning sentabr oyida ham UzAuto Motors 10 foiz qo‘shimcha aksiyalarini IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘lgandi.