Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi

YTH oqibatida 17 yoshli haydovchi va 14 yoshli yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent shahriYashnobod tumanida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea16 yanvar kuni soat 03:00 lar atrofida Shohimardon ko‘chasida sodir bo‘lgan. 17 yoshli Yo.R. “Spark”ni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada yo‘l chetidagi temir panjaraga borib urilgan. Unda haydovchilik guvohnomasi ham, ishonch qog‘ozi ham bo‘lmagan.
YTH oqibatida Yo.R. va 14 yoshli yo‘lovchisi A.E. olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisaga “Spark” haydovchisi mashina tezligi yuqori bo‘lganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.