Qozog‘iston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi

Qozog‘iston chegarachilari 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.
Sputnik
29 yoshli erkak mamlakatni tark etishga harakat qilgan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat MHQga asosan xabar qildi.
“Jibek yo‘li” (Turkiston viloyati) nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekiston Respublikasiga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1993-yilda tug‘ilgan E. qo‘lga olindi.
Qo‘lga olingan shaxsning mobil telefonida Chimkentdagi tartibsizliklar sodir bo‘lgan joyda olingan video tasvirlar bo‘lgan. Uning orqa qismida o‘q jarohati bor (ehtimol rezina o‘qlardan).
Qo‘lga olingan shaxs Sariog‘ash tumani IIB xodimlariga topshirildi", - deyilgan xabarda.