Qirg‘izistonda Davlat bojxona xizmati raisi hibsga olindi

Qirg‘izistonda Davlat bojxona xizmati raisi Adilet Kubanichbekov qo‘lga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari Davlat bojxona xizmati raisi Adilet Kubanichbekovni hibsga oldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
U korrupsiyada gumon qilinmoqda.
Tergov ishi jarayonida huquq-tartibot idoralari xodimlari bojxona xizmati organlarida yirik korrupsiyaga oid ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldi, bunda bojxona tizimi rahbariyati va tarkibiy tuzilma rahbarlari ham aloqadorligi ma’lum bo‘ldi.
Tovarlarni olib kirish bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar manfaatlarini o‘z foydasi uchun himoya qilish, ularga imtiyozli shartlarni taqdim etish va tizimli ravishda pora olish evaziga tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.