TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Kecha, 16-yanvar kuni O‘zbekistonda 1037 kishida koronavirus aniqlandi.
“Kunlik ko‘rsatkich 1000 dan oshib, pandemiya boshidan buyon rekord darajaga yetdi”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Kecha aniqlangan kasallanishlar hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 39;
Andijon viloyati – 25;
Buxoro viloyati – 30;
Jizzax viloyati – 40;
Navoiy viloyati – 8;
Namangan viloyati – 32;
Samarqand viloyati – 55;
Sirdaryo viloyati – 22;
Surxondaryo viloyati – 15;
Farg‘ona viloyati – 29;
Xorazm viloyati – 35;
Toshkent viloyati – 172;
Toshkent shahri – 535.
Shu tariqa, mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 206 122 nafarga yetgan. Ulardan 199 193 (+448) nafari tuzalib ketgan.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, qurbonlar 1518 nafarni tashkil etmoqda.
Vazirlik respublikada koronavirusga chalinish holatlari soni tobora ortib borayotgani va bu aholining sarosimaga berilishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlangan.
“To‘g‘ri, virusning yangi shtammi avvalgi mutatsiyalarga nisbatan yuquvchanligi ancha yuqori, biroq unga chalingan aksariyat bemorlarda kasallik yengil darajada kechib, asosan respirator belgilar bilangina namoyon bo‘layotir. Shu sababli yurtdoshlarimizdan ortiqcha xavotirga berilmasliklarini, karantin qoidalariga qat’iy rioya etib, koronavirusga qarshi to‘liq emlanishlarini so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.