Nursulton Nazarboyev BAAda emas – elchixona

Qozog‘istonning BAAdagi elchixonasi Nursulton Nazarboyevning ushbu mamlakatda ekanligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.
Sputnik
Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirligidagi elchixonasi Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ushbu mamlakatda ekanligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. RIA Novosti.
“Uning matbuot kotibi bergan so‘nggi bayonotiga ko‘ra, Nazarboyev Qozog‘istonda”, - dedi elchixona vakili.
7 yanvar kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Ular respublikadagi vaziyatni muhokama qildilar.
Shuningdek, o‘tgan haftada Qozog‘istonning Ozarbayjondagi elchisi Serjan Abdikarimov Nazarboyev hozir respublika poytaxtida ekanligi haqida aytgandi.
Bundan oldin Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay ham Elboshi Nur-Sultonda ekanligini tasdiqlagandi.