TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinaraning turmush o‘rtog‘i Timur Quliboyev endi “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi rahbari bo‘lib ishlamaydi. U Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimini saqlab qoldi.
Forbes talqiniga ko‘ra Timur va Dinara Quliboyevlar eng boy qozog‘istonliklar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bugun esa Nazarboyevning jiyani Samat Abish Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan avval Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Dariga turmush o‘rtog‘i Qayrat Sharipboyev (“KazaxGaz” kompaniyasi), Aliyaning turmush o‘rtog‘i Dimash Do‘sanov (“KazTransOyl”) rahbarligidan ketgandi.