Qilichboz Zaynab Dayibekova Jahon kubogi uchun kurashadi

Reytingi yuqori bo‘lgani uchun o‘zbekistonlik sportchi Tbilisidagi musobaqalarning 1/64 final bosqichidan o‘z ishtirokini boshlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi turniri boshlandi. Ayollar dasturida o‘zbekistonlik Zaynab Dayibekova medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yuqori reytingi (22 )sabab o‘zbekistonlik sportchi 1/64 final bosqichidan bahslarga qo‘shilmoqda.
1/32 finalga yo‘l olish uchun Dayibekova fransiyalik Amaliya Emini (43) mag‘lubiyatga uchratishi kerak.
Zaynab bu raqibasi ustidan g‘alaba qozonsa, yaponiyalik Norika Tamura (11) hamda italiyalik Eliza Passaro (54) bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.