O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosida koronavirus aniqlandi

Avvalroq terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va futbolchi Hojimat Erkinovda koronavirus aniqlangan edi.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Umidjon Ergashevda koronavirus aniqlandi.
Mamlakat futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, futbolchi o‘zini yaxshi his qilyapti. Ergashev bir necha kundan so‘ng qayta test topshiradi. Hozir darvozabon o‘zini yakkalagan.
Qayd etilishicha, terma jamao a’zosi Hojimat Erkinovning koronavirusga qayta topshirgan testi manfiy chiqqan va u yakka tartibda yengil mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Srechko Katanes koronavirusga chalindi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hozirda Dubayda yig‘in o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘in doirasida Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus bilan bog‘liq tang vaziyat tufayli Yaponiya so‘roviga ko‘ra 21-yanvar kuniga belgilangan uchrashuv bekor qilingan.