Matviyenko: KXShT tashkilot a’zolarini rangli inqiloblardan himoya qiladi

Rossiya Federatsiya kengashi spikeri KXShTga a’zo mamlakatdardan birida rangli inqilob uyushtirishga urinilgan paytda tashkilot bu mamlakatni himoya qilishini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasiga (KXShT) a’zo mamlakatdardan birida rangli inqilob uyushtirishga urinilgan paytda tashkilot bu mamlakatni himoya qiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qildi.
“Biz bu (KXShT – tahr.) jiddiy tashkilot ekani va u bilan hisoblashish shartligini ko‘rsatdik. Biror bir davlatida rangli inqilob uyushtirishga urinilgan vaqtda KXShT uni himoya qiladi. Bu g‘oyat muhim”, - dedi Matviyenko “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
“Bu vaziyat o‘z vaqtida izga solinmaganida, bu nafaqat Qozog‘iston suverenitetiga tahdid bo‘lardi, bu qo‘shni mamlakatlar suvereniteti xavfsizligiga tahdid bo‘lardi”, - dedi Federatsiya kengashi raisi.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari 10ta samolyotda Ivanovoga qaytdi - video
Matviyenkoning so‘zlariga ko‘ra, KXShT Qozog‘istonda o‘zining yaroqligi, talab yuqoriligini va bu tashkilotni tashkil etishning dolzarbligini ko‘rsatgan.
Markaziy Osiyodagi vaziyatni tashqaridan izdan chiqarishga urinishlar ko‘p - Lavrov