TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qishki ta’til 1-martgacha uzaytirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xalq ta’lim vazirligi (XTV) matbuot xizmati bu xabarlarni rad etdi.
“Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishki ta’til 1-martga qadar uzaytirilganligi haqidagi xabar yolg‘on ekanligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik o‘quvchilarning qishki ta’til faqat 24-yanvarga qadar uzaytirilganini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlangan edi. Ta’til 2022-yilning 10-yanvarigacha davom etishi kerak edi. Keyinroq ta’til muddatini 24-yanvargacha uzaytirishga qaror qilindi.
Mavzuga oid:
Maktablarda qishki ta’til uzaytirildi
Ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga ta’sir qiladimi
Qishki ta’til uzaytirilgani yozgi ta’til vaqtiga ta’sir ko‘rsatmaydi – XTV
Ta’tildan qaytadigan talabalar uchun yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi