Andijondagi tug‘uruqxonada 12 tup daraxt kesib tashlandi — foto

Ekologiya qo‘mitasi surishtruv o‘tkazmoqda va aybdorlar tegishli jazoni olishadi.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati perenatal markazida 12 tup daraxt kesib tashlangani haqida xabar tarqaldi.
V perinatalnom sentre Andijana virubleno 12 derevyev
Viloyat hokimligi bu xabar munosabat bildirib, markazda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotganini ta’kidlagan.
Qurilish loyihasiga ko‘ra, hozirgi kunda hududda 180 dan ortiq manzarali daraxt va ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’kidlanishicha, hech kim daraxtlarni kesib tashlash to‘g‘risidagi buyruq bermagan.
“Yuqorida keltirilgan holat viloyat hokimligi tomonidan alohida nazoratga olindi. Hududda qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda aybdorlarga qonuniy jazo choralari ko‘rilishi va bu haqida batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
V perinatalnom sentre Andijana virubleno 12 derevyev
Ekologiya qo‘mitasi dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, perinatal markazi hududida 12 tup eldor qarag‘ayi daraxtlari moratoriy talablariga zid ravishda noqonuniy kesib tashlanganini ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati”ga eldor qarag‘ayi (Pinus eldarica) juda chiroyli manzarali daraxt sifatida kiritilgan.
V perinatalnom sentre Andijana virubleno 12 derevyev
O‘rganishlar davomida kesilgan daraxtlarning diametr o‘lchamlari 12 sm dan 40 sm gacha ekanligi, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
“Mazkur qurilish obyekti Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, tashkilot rahbariyati tomonidan uning hududidagi daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilingan. Lekin ushbu murojaat natijasini kutmasdan qonunga zid ravishda o‘zboshimchalik bilan bugun tunda ushbu mudhish huquqbuzarlik holati sodir etilgan”, - deyilgan xabarda.
Mazkur huquqbuzarlik holati bo‘yicha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.
Prezident farmoni bilan 2021-yil 30-dekabrdan daraxt kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan. Uni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh baravarga oshirilgan.