Xorijiy fuqarolarni mobil ilova orqali ro‘yxatga olish tartibi kiritiladi - Kazakova

Rossiyada xorijiy fuqarolarni migratsiya ro‘yxatiga olish muddati 30 kun bo‘ladi va ular mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Rossiyada xorijiy fuqarolarni migratsiya hisobiga olish tartibi jiddiy o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqida "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida Rossiya IIV Migratsiya bo‘limi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
Ma’lumki, Rossiyaga har qanday maqsadda kirib kelgan xorijiy davlat fuqarolari 7, 15, 30 yoki 90 kun kun ichida migratsiya hisobiga turishlari kerak. Ushbu muddat xorijiy fuqaro qaysi davlatdan kelganiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston fuqarolari uchun - 7 kun.
Undan tashqari ro‘yxatga olish jarayoni ham ancha murakkab va turli vaziyatlarda turlcha hujjatlar talab qiladi. Aksariyat hollarda bu kelgan kishi va qabul qiluvchi tomon uchun ham qiynchiliklar tug‘diradi.
Rossiya IIV tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonunda, barcha xorijiy fuqarolar uchun yagona yondashuv qo‘llash rejalashtirilgan.
Ya’ni - barcha xorijiy fqarolar kirib kelganidan so‘ng 30 kun ichida migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi kerak. Fuqaro mehmonxonada joylashgan taqdirda muassasa uni 1 kun ichida ro‘yxatga olishi kerak.
Eng muhimi, ro‘yxatga olish jarayoni soddalashtiriladi. rossiyaga 30 kundan ortiq muddatga kelgan fuqaroga tibbiy ko‘rik va daktiloskopiyadan o‘tganidan so‘ng yagona elektron hujjat beriladi.
Ushbu hujjat yordamida xorijiy fuqaro mustaqil ravishda Yagona portal yoki mobil ilova orqali migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi mumkin. Bunda qabul qiluvchi tomonning bevosita ishtiroki (hozirgidek) talab etilmaydi.
Turar joyda mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijiy fuqaroning ushbu xonadondan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi kerak. Ijara yoki vaqtinchalik bepul foydalanish shartnomasi.
Uy egasi xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingani to‘g‘risida 3 kun ichida ogohlantiriladi. Xonadon egasi tomonidan xorijiy fuqaroning turar joydag vaqtinchalik foydalanish huquqi tasdiqlanmagan taqdirda - xorijiy fuqaroga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab 2020 va 2021-yillarda pandemiya tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish tartibini buzganda ularni ma’muriy javobgarlikka tormaslik borasida berilgan yengilliklar muddati tugagan.
Yangi yildan boshlab Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijiy fuqarolar tibbiy ko‘rik va daktiloskopiyadan o‘tishi majburiy etib belgilangan.