TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar davomida jami 225 kishi qurbon bo‘lgan ulardan 19 nafari - kuch ishlatar tizimi xodimlari, deb xabar qildi Bosh prokuratura tergov xizmati rahbari Serik Shalabayev.
"Morglarga jami 225 kishi olib kelindi... ulardan 19 nafari politsiya xodimlari va harbiylar", - dedi matbuot anjumanida prokuratura xodimi.
Shalabayev shuningdek, bo‘lib o‘tga voqealarda 4578 kishi jabrlanganini, ulardan 4353 kishi turli darajada jarohatlar olganini, jumladan 3392 kishi kuch ishlatar tizimi xodimlari ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-yanvar kun e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarda jami 164 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yildan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimolida, Mang‘istau viyalotida suyultirilgan gaz narxi oshishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Qozog‘iston janubiy viloyatlarda ommaviy tartibsizlik, bosqinchilik va terrorchilikka harakatiga aylanib ketdi.
Qurollangan to‘dalar yirik shahar markazlari, ma’muriyat binolari, telekanallarni egallab olishdi, politsiya va harbiylarga hujumlar uyushtirishdi. Magazinlarga bosqinchilik qilindi. Bunga javoban Qozog‘iston prezidenti 19-yanvarga qadar mamlkatda favqulodda vaziyat joriy etdi va KXShT a’zolaridan yordam so‘radi. Qozog‘istonga Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikistondan KXShT tinchlikparvar kuchlari vaqtincha kiritildi.