SamDUga Sharof Rashidov nomi berildi

SamDUni jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda: universitet qoshida yangi institutlar hamda Urgut filiali tashkil qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Samarqand Davlat Universitetiga Sharof Rashidov nomi berildi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentning 5847-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda, shuningdek SamDU transformatsiya qilinishi va 2026-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000talikka kiritish vazifasi ham qo‘yilgan. Buning uchun maxsus ofis tashkil qilinadi, - deyilgan hujjatda.
Shuningdek, Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etildi:
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti: agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlaydi;
Muhandislik fizikasi instituti - muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi ;
Urgut filiali - pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlaydi.
Eslatib o‘tamiz, ilk bor SamDUga Sharof Rashidov nomi berish haqidagi tashabbusni prezident 2021-yilning sentabr oyida ushbu oliygohga tashrifi vaqtida bildirgan edi.
Shavkat Mirziyoyev SamDUga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi