Markaziy Osiyodagi vaziyatni tashqaridan izdan chiqarishga urinishlar ko‘p - Lavrov

Lavrov Markaziy Osiyodagi vaziyatni tashqaridan izdan chiqarishga urinishlar haqida aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Hozir Markaziy Osiyo davlatlaridagi vaziyatni tashqaridan izdan chiqarishga urinishlar ko‘p, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Markaziy Osiyoda ham, KXShTga a’zo boshqa davlatlarda ham vaziyatni tashqaridan izdan chiqarishga urinishlar ko‘p. Amerikaliklar NATOning boshqa a’zolari bilan birga Afg‘onistondan qochib, hozirgi holatda qoldirib ketganidan so‘ng, uni hozir yana tiklash kerak bo‘ladi, bu urinishlar yanada qat’iy va xavfli bo‘lib qoldi”, - dedi vazir 2021-yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Rossiya TIV rahbarining asosiy bayonotlari:
KXShT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonda aniq terrorchilik tahdidiga qarshi turishga yordam berdi.
️Moskva KXShT tinchlikparvarlik tajribasini endi qo‘llash kerak bo‘lmaydi, deb umid qilmoqda.
️Qozog‘istondagi vaziyat KXShT kuchlarining salohiyati samarali va zarur ekanligini ko‘rsatdi.
️Qozog‘istonda jurnalistlarga qilingan hujumlarga YeXHT munosabat bildirmagani – bu sharmandalik.
️Hozir Markaziy Osiyo davlatlarida vaziyatni tashqaridan izdan chiqarishga urinishlar ko‘p.
️Ekstremistlarning uyqudagi guruhlariga qarshi kurash maxsus tuzilmalar yo‘nalishi bo‘yicha davom etadi.