Bir talay ko‘rsatgichlar bo‘yicha dunyo yetakchisi bo‘lgan Amerika Qo‘shma shtatlari, 2022-yilga ko‘pchillik uchun kutilmagan ko‘rinishida kirib kelmoqda. Atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar AQShdan juda xafa: ular iqtisodni tiklashg va pandemiyadan chiqish maqsadida uglevodorodlardan voz kechish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlardan tobora uzoqlashib ketmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yilda Amerikada atmosferaga chiqarilgan issiqxona gazlarining umumiy miqdori deyarli 7% ga o‘sgan. Sabab – qazib olinayotgan uglevodorodli yonilg‘i hajmi o‘sishi, aniqrog‘i tabiiy gaz va ko‘mir. Ushbu ko‘rsatgichlar dastlabki bo‘lsa-da, lekin ular hozirdanoq, AQSh energiya balansida muqobil energetika ulushi o‘sishiga qaramasldan, ushbu qayta tiklanadigan energetika tarafdorlarining hafsalasini pir qilmoqda.
Pandemiyaning ikki yili jahon iqtisodiyoti uchun shokka aylandi, ko‘pchillikning hayotiga jiddiy noqulayliklar olib keldi va turmush tarzini o‘zgartirib yubordi. Faqat toza energetika tarafdorlari uchun ushbu davr haqiqiy baxt yillari bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chunki 2019-2020 yillarda AQShda issiqxona gazlari miqdori tarixiy eng past darajalarga tushib ketdi va Ikkinchi Jahon urushi yillardan keyingi yillar darajasiga yetdi.Hatto 2021-yilda ham ko‘rsatgichlar pandemiyadan oldingi yillardagidan 5% kam edi.
Yashillar uchun hammasi juda yaxshi ketayotgan edi. Muqobil energetika ulushi AQSh tarixida ilk bor 20%ni tashkil qildi, ya’ni yiliga 820 teravatt-soatga. va atom energetikasi sohasi ko‘rsatgichlariga yaqinlashdi. Eslatib o‘tamiz, atom energetikasi bo‘yicha AQSh dunyoning eng yirik davlati. O‘tgan yilning oktabr oyida ushbu mamlkatda 90ta reaktor faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha dunyoning ikkinchi yirik davlati Fransiyada – reaktorlar soni 2 baravar kam. U yerda jami 56ta energoblok bor. Aytish joizki Amerika qayta tiklar energiya segmentiga gidro elektro stansiyalarni ham qo‘shib hisoblaydi. Amerika GESlari jami energetikaning kamida 6%ini ta’minlaydi. Davlat Energetika ma’muriyati (Energy Information Administration) ushbu sektor ulushi yaqin vaqt ichida yana 1%ga o‘sishini prognoz qilmoqda.
Quyosh energetika qurilmalari mulkdorlari esa, 2022 -2023 yillarda 29 va 28 gigavat yangi quvvatalr joriy etishglarini ma’lum qilishgan. Bu mavjud imkoniyatlarni ikki baravar oshirish degani. Lekin ushbu raqamlar ham doim reja, kutilma va umid degan sezlar bilan birga keltirilgan. Lekin qazib olinadigan energiya manbaalari va ular yordamida olinadigan elektr quvvati esa – aniq fakt.
O‘tgan yil ko‘rsatgichlari fevralda chop etiladi, lekin hozirdan ma’lumki AQShda ko‘mir qazib olish ko‘rsatgichlari keskin yuqoriga sakragan. Eng kamtar hisob-kitoblarga ko‘ra, AQSh ko‘mirchilari 2021-yilda oldingi yilga nisbatan 10% ko‘proq ko‘mir qazib olishgan. Sof o‘sish miqdori o‘rtacha 55-60 million tonnani tashkil qilgan.
Ma’lumki, qazib olingan qora oltin shunchaki havoga uchib ketmagan. Ular IESlarda elektr tokiga aylanib har bir xonadon va korxonaga kirib borgan. IESlarda ko‘mir orqali olingan quvvat miqdori qayta tiklanadigan manbaalardan olinadigan elektr quvvatiga tenglashgan va
1000 teravatt-soat ko‘rsatgichga yetgan. Shu bilan birga ko‘mir eksporti ham oshgan (+52%) va uning aksariyati Osiyo bozorlariga – Hindiston, Janubiy Koreya va Yaponiyaga yetkazib berilgan.
AQSh BMTning atom energetikasini xvfsiz energiya deb tan olish rejalariga hozircha hech qanday izoh bermagan, lekin mahalliy ekologlar buni o‘z kuchlari bilan tan olishga tayyor.
Yomoni shuki, AQSh AESlari katta tezlikda eskirib bormoqda va kelajakda yangi obyektlar qurish rejalari ham ko‘rinmayapti. Kongressning ikkala palatasi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi loyiha Vogtle AESi 2012-yilda imzolangan edi. Ayni damda bu AQShda qurilayotgan yagona AES.
Shu bilan bir vaqtda ekspertlar fikriga ko‘ra, an’anaviy eneregetika manbaalarini hozircha shamol va quyosh energiyasi bilan almashtirishning iloji yo‘q. Masalan, AQShning Shimoliy Dakota shtati va qo‘shni Kanadaning Alberta viloyatida kuchli sovuq tufayli Keystone neft quvuri (bir vaqtlar Jo Bayden yopmoqchi bo‘lgan) to‘xtab qolmoqda. Kuchli sovuq tufayli (-35) quvur egasi bo‘lgan TC Energy kompaniyasini quvurdan neft haydashni to‘xtatishma majbur qilmoqda. Bu esa darhol birjada benzin va va dizel yonilg‘isi narxlari o‘sishiga olib keldi.
Lekin uglevodorodlar orasida qazib olish va iste’moli bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgichni – tabiiy gaz namoyish qildi. So‘nggi 15-yil ichida AQShda elektr energiyai iste’moli ikki baravar oshdi. Agar 2005-yilda IESlar tabiiy gaz asosida 750 terravat-soat energiya ishlab chiqargan bo‘lsa 2021-yilda 2100 terravat-soat bo‘lishi kutilmoqda. Bu atom va yashil energetika birgalikda ishlab chiqargan umumiy quvvat bilan teng.
Aytmoqchi BMT tabiiy gazni ham toza energiya manbaalari safiga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Lekn bugungi kun “yashillari” bunga mutlaq qarshi. Ular norozi bo‘lishiga sabab bor. U.S. Environmental Protection Agency ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda gaz qazib olish, gazni qayta ishlash va foydalanish to‘xtatilgan skvajinalardan chiqayotgan gazlar, atmosferaga chiqarilayotgan jami metanning 3/1 qismini tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, aynan metan gazi Yer shari atmosferasini boshqa issiqxona gazlariga nisbatan 50 baravar ko‘proq qizdiradi.
Xa, uglevodorodsiz kelajak haqidagi orzular tobutiga qoqilgan so‘nggi mix, bu – AQShda shaxsiy va boshqa transport vositalari bilan bog‘liq statistika bo‘ldi. Karantin cheklovlari bekor qilinishi bilan kompaniyalar yo‘qotilgan daromadlarni qaytarishga kirishishdi. Bu esa yuk tashish va boshqa transport xizmatlari bumi bilan yakunlandi. Oqibatda yil oxirida yuk avtomobillari va boshqa transport tomonidan atmosferaga chiqarilgan issiqxona va boshqa gazlar miqdori oldingi yilgan nisbatan 10%ga oshib ketdi.
Ushbu achchiq faktni amaldagi Amerika ma’muriyati tomonidan atmosferada uglerodni tutib olish va to‘g‘ri utilizatsiya qilish uchun texnik vositalar qurishga ruxsat berishi va buning uchun budjetdan 3,5 milliard dolar ajratishi ham yumshata olmadi.
Gap ikki texnologiya haqida ketmoqda. Birinchisi – gazlarni havodan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutib olish (direct air capture) va ikkinchisi - tutib olish va saqlash (capture and storage) texnologiyalaridir.
Birinchi texnologiya ulkan ventilyatorlar o‘rnatib, havoni maxsus hajmlarga joylashni va uning ichidan kimoviy suyuqliklar yordamidan havodan uglevodorodno ajaratib olishni, toza havoni esa qaytib atmosferaga chiqrishni nazarda tutadi. Keyinchalik olingan kimoviy moddani qizdirib undan toza CO2, ajratib olinadi va suv bilan aralashtirib yerga ko‘miladi.
Ikkinchi uslub, 70-yillarda kashf qilingan. O‘shanda neftchilar bo‘shab qolgan skvajinalarni ikki oksidli uglerod bilan to‘ldirib, qolgan-qutgan neftniu yerdan siqib chiqrish uslubiga asoslangan. Ushbu uslub ekologiya va atrof-muhitga qanday ta’sir qilishini hech kim bilmaydi.
Norvegiyaning Equinor ASA kompaniyasi bir vaqtlar ikki oksidli uglerod tabiiy bo‘shliqlarda qamalganini aytib ekologik soliqdan qutulib qolgan edi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilda uglerod neytralligiga erishi uchun insoniyat ertadan boshlab yiliga 7,5 milliarda tonnadan ortiq gazlarni utilizatsiya qilishni boshlashi kerak.Ya’ni bugun insoniyat ishlab chiqarayotgan gazlarning beshdan birini. Lekin eng optimistik ko‘rsatgichlarga ko‘ra, bugun havodan ko‘pi bilan 40 million tonna uglerod tutib olinmoqda, ya’ni atigi 0,01 %.
Undan tashqari bugun CO2 gazlarini atmosferadan tutib olish uchun birorta na sanoat na iqtisodiy asoslangan texnologiya mavjud emas. Ya’ni Kongress tomonidan qabul qilingan qonun – bu shunchaki fiksiya, ko‘zni shamg‘alat qilish, yangi iqtisodiy reallikda Amerika ekologik siyosatining qulashi ifodasidir.
So‘z yakunida faqat bitta aniq xulosani aytish mumkin. Dunyo siyosatida Amerika ta’sir kuchining kamaygani haqida hozircha bahslashish mumkin bo‘lsa, global iqlim isishi borasida Vashington siyosati mutlaq mag‘lubiyatga uchradi – bu aniq amalga oshgan fakt. Bizni keyingi gal porloq