Afg‘onistonda o‘zbeklar Tolibonga* qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi - video

Tolibon* tomonidan mahalliy o‘zbek qo‘mondonini hibsga olingani uchun Farob aholisi namoyishga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Mozori Sharifda Tolibon* mudofaa vaziri o‘rinbosari mulla Fazl boshchiligida Afg‘oniston o‘zbeklarining ko‘zga ko‘ringan vakili Mahdum A’lam hibsga olindi, bu haqda sobiq viloyat gubernatori Naqibulla Fayq xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mahdum A’lam “Tolibon*ning Farobdagi birinchi odami” bo‘lgan, Farob, Sari-Pul va Juzjon viloyatlarida jangarilar amaliyotiga qo‘mondonlik qilgan – toliblarning hududdagi muvaffaqiyatlari uning nomi bilan bog‘liq.
Hozir Tolibon* Mahdum A’lamni va toliblar tomonida jang qilgan yuzlab o‘zbeklarni qamoqqa tashladi.
Bu ma’lumotni Aamaj News nashrining manbalari ham tasdiqladi. Hozir Farob viloyati markazi Maymen shahrida harbiy holat joriy etildi - Mahdum A’lam tarafdorlari ko‘chalarga chiqishdi.
Namoyishga chiqqan o‘zbeklar toliblar* pikapidan 12,7 mm Browning M2 pulemotini olib tashlashdi, jangaridan esa avtomatni tortib olishdi.
Agar toliblar o‘zbek qo‘mondoni Mahdum A’lamni kechgacha ozod qilmasa, Farob ularga bo‘ysunishni to‘xtadi. Namoyishchilar bu talabini qo‘mondonning ishonchli odamlaridan biri Torko‘g‘li Aamaj News nashriga ma’lum qildi.
“Farobda Tolibon* bayrog‘i abadiy tushiriladi”, - deb ogohlantirdi u.
Maymanda bugun o‘zbeklar yana norozilik namoyishiga chiqishdi.
“Tolibon”*ning pushtun bo‘linmalari qurolsizlanib, Farob viloyatidan olib chiqib ketilgani aytilmoqda.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.